
Peres La Ligaga angliyalik hakamlarni olib kelmoqchi
"Real" prezidenti lavozimini egallab turgan Florentino Peres Ispaniya futbolida hakamlar saviyasini past deb hisoblaydi. Uni oshirish uchun Peres Angliyadan hakamlarni Ispaniyaga jalb qilishni xohlamoqda. Bu haqda "Transfer News Live" nashri "The Telegraph"ga tayanib xabar bermoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, "Real" muntazam ravishda hakamlik qarorlaridan norozi ekanligini bildiradi. Odatda, klub o‘z noroziligini rasmiy klub kanali orqali ifodalaydi, u erda hakamlarning muayyan qarorlarini tahlil qiluvchi videolar e’lon qilinadi.
"Qirollik klubi" La Liga doirasidagi navbatdagi o‘yinni 2 fevral kuni "Espanol"ga qarshi mehmonda o‘tkazadi. Hozirda madridliklar turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar