
Pentek uchun kurashga MYu ham qo‘shildi
"Milan" forvardi Kshishtof Pentek uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "Manchester Yunayted" polshalik futbolchi uchun kurashda "Tottenxem" va "Vest Xem"ga raqobat qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “rossonerilar” Pentekni 35 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Pentek joriy mavsum “Milan” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar