Pele muxlislarga murojaat yo‘lladi

  • 18 dekabr, 2022, 13:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uch karra jahon chempioniga aylangan braziliyalik sobiq hujumchi Pele terma jamoa muxlislari va futbolchilarga murojaat yo‘lladi.

Tecno

"Hayot - bu har kungi yangi imkoniyat. U bilan nima qilish har birimizga bog‘liq. Biz buni to‘g‘ri tushundik, biroq ba’zida xatolar ham qildik. Hayot har doim saxiy va yangi imkoniyatlarni taklif qiladi. Har kuni yangi yo‘ldan yuramiz.

Lekin futbolchi bo‘lishni orzu qilganingda imkoniyatlar ancha kichikroq, orzular esa ancha uzoqroq bo‘ladi. Braziliyani muxlislar sevgisi oldinga boshlaydi. Bilmayman, nega biz futbolga nisbatan bunchalik jinnimiz?! Bu sportdagi haqiqiy do‘stlikka bo‘lgan muhabbat va g‘alaba yig‘isidir. O‘yin atigi 90 daqiqa davom etadi va biz duch kelgan barcha muammolarni unutdik.

Sportchi hamkasblarim va terma jamoa texnik qo‘mitasiga ishonaman. Barcha braziliyaliklarga bizni sportda birlashtirgan ishonch va muhabbat umrbod hamroh bo‘lishini tilayman. Orzu hammamizga aloqador tuyg‘u. Sevgi, sevgi va muhabbat", — deb yozdi Pele ijtimoiy tarmoqlarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!