Pedri: “Ko‘cha futboli menga maydonda tabiiy harakat qilishni o‘rgatdi”

  • 10 avgust, 19:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri o‘zini biroz eski uslubdagi futbolchi deb hisoblaydi. Uning fikricha, jismoniy jihatdan kuchli bo‘lmagani sababli, ustunlikka erishish uchun boshqa yo‘ldan boradi – raqiblardan tezroq fikrlaydi va bir qadam oldinda turishga harakat qiladi.

Tecno

"Ko‘p zamonaviy futbolchilar yirik akademiyalarda tarbiya topgan. Men esa ko‘chada futbol o‘ynab, ota-onam uyida "Barsa" o‘yinlarini tomosha qilib, qishloq jamoasida to‘p surib o‘sganman". 

Pedri of FC Barcelona looks on during the preseason friendly between Vissel Kobe and FC Barcelona at Noevir Stadium Kobe on July 27, 2025 in Kobe,...

Uning so‘zlaricha, ko‘cha futboli unda instinktlarni, zavq uchun o‘ynashni va tabiiy harakat qilishni shakllantirgan. Shu jihatlar uni janubiy amerikalik, ayniqsa, favelalarda o‘sgan braziliyalik futbolchilarga o‘xshatadi.

"Kanar orollarida ham shunday muhit bor. Qaerda bo‘lmaylik, futbol o‘ynaymiz, maqsad qo‘yamiz va do‘stlar bilan zavqlanamiz. Shu zavq va instinktlar rivojlanishimga yordam berdi. Mening pozitsiyamda ideal pasni topish ko‘proq intuitsiyaga bog‘liq. Bu – maydondagi bo‘shlikni “ichki ko‘z” bilan ko‘rish", – deya ta’rif berib o‘tdi kataloniyaliklar yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!