
Pedri "Barselona" muxlislarini xavotirga solmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Osasuna"ga qarshi qoldirilgan o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Biz biroz charchagan bo‘lsak-da, "Barselona" ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Agar payshanba kuni o‘ynashimiz lozim bo‘lsa, shunday qilamiz va La Ligada g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni safarbar etamiz, - dedi Pedri.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniya chempionatining 27-turi doirasidagi "Barselona" - "Osasuna" uchrashuvi 27 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar