“Paxtakor" sotuvga qo‘yildi!

  • 17 yanvar, 2024, 11:47
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son qaroriga asosan futbol klublari xususiylashtirilishi belgilangan.

Tecno

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida bo‘lishi sog‘lom raqobat muhitini yaratishga to‘sqinlik qilishi bildirilgan. Bugungi kunda, futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefitsiar sifatida davlat bo‘lib qolmoqda

O‘z navbatida, ushbu holat xalqaro printsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, dastlab jozibadorligi yuqori bo‘lgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.   

Shunga ko‘ra, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) “Paxtakor futbol klubi” MChJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – Aktiv/Jamiyat) bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.

Davlat aktividan kelgusida foydalanish va sotib olishga qo‘yiladigan talablar:

  • Futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
  • Futbol klubi balansidagi barcha sport ob’ektlaridan, shu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
  • “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
БАБАЖАНОВ ОДИЛЖОН
17/01/2024 13:14
ЖОХОНГИР ОРТИКХУЖАЕОВ ИЛТМОС ПУЛНИ УВОЛ ЕОМОН ПУЛНИ ФАКАТ АЛЛОХ ЯАХШИ КУРГАН БЕМОРЛАРГА САРИФ КИЛИН АЛЛОХ У ДУНЕОДА СИЗНИ ШАНИГИЗГА АЛЛОХ МУКОФАТЛАЙДИ НИМА КИЛАСИЗ ХАЛК КАРГИШ ТЕКАН ПАХТАКОРДА ХОМИ БУЛИБ
&
Asilbek_1234
17/01/2024 11:52
Adolatsizlik!!! Navbahorni xususiylashtirishnoqchi bolingada hammalari qarshi boluvdi mana endi suyukli monopollarini yanada monopollashtirishmoqchimi Unaqa bolsa hamma klublarni xususiylashtirishsin Navbahorga doim xaridor kop bolgan Alisher Usmonov masalan