
"Paxtakor" murabbiyligi uchun nomzodlar
Shota Arveladze shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, "Paxtakor"ni tark etdi. Gruziyalik mutaxassis klubdan ketganini va barchaga rahmat aytib, xayrlashuv maktubini ham yozdi. Ammo toshkentliklar matbuot xizmati uning jamoani tark etgani borasida hech narsa demadi. Hozir "sherlar" Arveladzeni ortga qaytarishga harakat qilmoqda. Shu bois ham bu borada yakuniy xabar chop etilmagan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum qilishlaricha, agarda "Paxtakor" Shota Arveladze bilan kelisha olmasa, uning yordamchisi Peter Xyuistra jamoaga ustozlik qilishi mumkin. Shuningdek, ushbu lavozimga Samvel Babayan nomzodi ham yo‘q emas. Samvel Babayanning "Navbahor" klubi bilan o‘tkazgan muzokarasi to‘xtadi. Bu esa, unga yana sobiq jamoasiga qaytish imkoniyatini yaratadi. Ushbu ikki murabbiy Arveladzening o‘rnini egallashi uchun asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin.
Qolaversa, Mirjalol Qosimov va juda kichik ehtimol bilan Ro‘ziqul Berdievning "sherlar" ustoziga aylanishi taxminlari ham yo‘q emas.
"Paxtakor" rahbariyati bosh murabbiy masalasini qanday hal qilishi hozirgi kunda ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!
Fikrlar