"Paxtakor" klubi "Bazel", "Bayer", "Xoffenxaym" va "Galatasaroy"da o‘ynagan hujumchisi borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi

  • 25 yanvar, 2021, 20:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2020 yilning yanvar oyida "Paxtakor" klubi shveytsariyalik hujumchi Eren Derdiyok bilan ikki yillik shartnoma imzolagandi.

Tecno

Mavsum yakunlangach, futbolchi jamoadan ketishi mumkinligi borasida ma’lumotlar tarqaldi. Qolaversa, "Paxtakor" Derdiyok uchun yaxshi taklif tushsa, uni ko‘rib chiqishi mumkinligini yozgandik.

Ammo "Bazel", "Bayer", "Xoffenxaym" va "Galatasaroy" kabi nomdor klublarda o‘ynagan tajribali hujumchi "Paxtakor" bilan BAA yig‘inida ishtirok etmoqda. Aftidan, Eren "sherlar" bilan shartnomasi yakunlangunga qadar, faoliyatini Toshkentda davom ettiradi. Har holda "Paxtakor" boshqa jamoaga ketadigan futbolchini xorij yig‘iniga olib ketmasdi. Xuddi Igor Sergeev kabi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi ham tez orada legionerga aylanishi kutilmoqda.

"Paxtakor" futbolchisi legionerga aylanishi kutilmoqda

"Paxtakor" legioneri uchun yaxshiroq taklif tushsa, ko‘rib chiqishga tayyor

IMG_2494

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!