
"Paxtakor" futbolchisi Hojimat Erkinov Rossiyaning qaysi jamoasiga o‘tayotganini klub vakili ma’lum qildi
"Paxtakor" matbuot kotibi Behzod Nazarov Metaratings.ru nashriga yarim himoyachi Hojimat Erkinovning "Torpedo"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
- Transfer shartnomasi hali imzolanmagan. Klublar muzokaralar olib bormoqda, ammo kelishuvga yaqin. Transfer summasi rasmiy e’londan keyin ma’lum bo‘ladi, - dedi Nazarov Metaratings.ru nashriga.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosiga Rossiyaning “Spartak” va “Krasnodar” klublari ham qiziqayotgani borasida ma’lum qilgandik.
Fikrlar