
"Paxtakor" darvozaboni Belarus terma jamoasidan chaqiruv oldi!
Oxirgi o‘yinlarda "Paxtakor" darvozasini qo‘riqlab kelayotgan posbon Pavel Pavlyuchenko Belarus terma jamoasi yig‘inida ishtirok etadi. Bosh murabbiy uni ham kengaytirilgan tarkibga jalb qilgan.
Evro-2024 saralashida qatnashayotgan Belarus termasi 18 noyabr kuni Andorra va 21 noyabr kuni Kosovo terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ayni vaqtda ular 8 ta o‘yindan so‘ng 6 ochko jamg‘argan va 6 jamoa ichida 5-pog‘onani band etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Pavel 2017 yilda mamlakat bosh jamoasida debyut qilgan. Hozirgacha 25 yoshli posbon Belarus termasida 11 o‘yinni o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar