Pavel Zdunov: Qozoqlarga qarshi bahsda ham shunday o‘yin namoyish etamiz

  • 5 yanvar, 2020, 23:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi muntazam chempionati doirasida "Metallurg" (7:5) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng mazkur bellashuvda dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan Pavel Zdunov bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Yangi yil o‘yini bo‘ldi. Ko‘p gollar kiritildi. Bundan muxlislar xursand, ammo murabbiylar ancha asabiylashishdi. G‘alaba bilan.

Ha, men bugun ilk marta o‘yinning eng yaxshi xokkeychisi sifatida o‘zbek do‘ppisini qo‘lga kiritdim (kuladi). Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Oldinda Qozog‘istonning uch klubiga qarshi bahslarda ham muxlislarga yoqadigan tomoshabop, pressing va hujumkorlikka asoslangan o‘yin namoyish etish uchun xarakat qilamiz.

Jamoamizga yangi qo‘shilgan Maksim Kazakov bugun ajoyib harakat qildi. Qolganlar ham tezda jamoamizga kirishib ketib, klubimiz g‘alabalariga hissa qo‘shishadi degan umiddaman.

O‘tkazib yuborilgan gollarda individual xatolar yuzaga keldi. Qolaversa raqib ham mahoratli xokkeychilardan tashkil topgan jamoa edi. 

Bo‘sh darvozaga gol kiritishni istagan edim. Yigitlardan ham buni iltimos qilganman va bugun amalga oshdi", - dedi Zdunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!