Parataekvondochilarimiz Italiyadan medallar bilan qaytishmoqda

  • 1 noyabr, 2019, 14:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

29-31 oktyabr kunlari Italiyaning Bolonya shahrida parataekvondo bo‘yicha Evropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 42 ta davlatidan jami 200 dan ortiq parataekvondochilar qatnashishdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini jami 7 nafar sportchimiz himoya qildi.

Tecno

E’tiborlisi, ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Guljanoy Naimova faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Quvonarlisi, Guljanoy shu tariqa Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi reytingda 2 pog‘ona yuqoriladi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bundan tashqari, erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sanjar Muxtorov ham kumush medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Musobaqada -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan yana bir sportchimiz Farhod Mamaziyaev ham kumush medal bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!