Para shaxmat: Axadxon Kimsanboev Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

  • 30 iyun, 2022, 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 24-26 iyun kunlari, Tornelo onlayn platformasida 20 yoshgacha bo‘lgan jismoniy imkoniyatlari cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Axadxon Kimsanboev munosib ishtirok etdi.

Tecno

Qit’amizning 9 ta davlatidan eng kuchli para shaxmatchilar qatnashgan ushbu nufuzli musobakada sportchimiz Axadxon Kimsanboev 7 turda 7 ta g‘alaba qayd etdi va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Matonatli sportchimiz O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi viloyat bo‘limi va viloyat Sportni rivojlantirish Bosh boshkarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!