
Para engil atletika: Gran-Prini 6 ta medal bilan yakunladik
Para engil atletika bo‘yicha Tunis mezbonlik qilgan xalqaro Gran-Prining so‘nggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz - Muhammad Rixsimov hamda Qudratullo Ma’rufxo‘jaev sovrindorlar safidan joy oldi. Rixsimov 13,86 metr natija bilan kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, 12,87 metr natija qayd etgan Ma’rufxo‘jaev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida F13/46 klassida nayza uloqtirish bahslarida esa Shaxinaxon Yigitalieva 32,20 metr natija bilan 3-o‘rinni band etdi va terma jamoamiz hisobiga bronza medalini yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa para engil atletika terma jamoamiz Tunis Gran-Prisini 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medal bilan yakunladi.
Fikrlar