Palmer: Bu xabarga kulib qo'ydim...
- 20-апрел, 06:58
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq futbolchi Manchesterdagi hayotni sog‘inishi aytilgan edi. Chunki Palmer Londonga ko‘chib o‘tgunicha “Manchester Siti” tizimida bo‘lgan.
- Hamma faqat shu haqida gapiryapti. Bunday xabarlarni ko‘rsam, faqat kulib qo‘yamman. Albatta, Manchester mening uyim. Barcha oilam o‘sha yerda, lekin men uni sog‘inmayapman. Balki uch oycha u yerga bormasam, sog‘inishni boshlarman.
“Chelsi”ni tark etish rejam yo‘q. Bizda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Oldinda “Lids”ga qarshi Angliya kubogi yarim finali bor.
Agar Chempionlar ligasi zonasiga kirsak, bu klubga kerakli futbolchilarni xarid qilish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Biz xo‘jayinar bilan gaplashdik, ular bizga yordam bera oladigan futbolchilarga olmoqchi, - dedi Palmer The Guardian nashriga.
Palmer “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi. U 2023 yil sentyabrida “Chelsi”ga o‘tganidan keyin o‘yini sezilarli darajada kuchayib ketdi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol va uchta golli uzatma qayd etgan.