
"Paks Junior European Cup 2025" turniri. Bugun 7 nafar vakilimiz tatamiga ko‘tariladi
Vengriyaning Paksh shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Evropa kubogi davom etmoqda.
Bugun nufuzli musobaqaning ikkinchi kuni ayollar engil, erkaklar esa og‘ir vazn toifalarida o‘zaro bellashishadi.
Bugun terma jamoamizning 7 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov - Akos Lado (Ruminiya)/Mark Perech (Vengriya)
-90 kg: Azamat Ablakulov - Leonardo Kopat (Italiya)
-100 kg: Muhammadali Zoirov - Franchesko Fiore (Italiya)
+100 kg: Fazliddin Rafiqov - Yanos Balog (Vengriya)
QIZLAR:
-48 kg: Sevinch Murodova - Roza Agumava (Germaniya)/Zimri Nesher (Isroil)
-52 kg: Zarina Jamalova - Sharlott Nettesheym (Germaniya)
-57 kg: Rayhona Mamatova - Leoni Vikert (Germaniya)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar