"O‘zimni Evropada sinab ko‘rish uchun keldim" - Slovakiyada o‘ynayotgan legionerimizni bilasizmi?

  • 12 mart, 21:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Chetda to‘p surayotgan legionerimiz soni yana bittaga ko‘paydi. Gap shundaki, o‘zbekistonlik hujumchi Mo‘min Meliev Slovakiya chempionatida to‘p suryapti.

Tecno

Slovakiyada bir nechta chempionatlar bo‘lib, 27 yoshli futbolchimiz Slovakiya uchinchi divizion vakili – “Partizan Bardiyov” jamoasi a’zosiga aylandi. Meliev u erda hattoki gollar urishni boshlab yubordi.

Mo‘min yurtimizda “So‘g‘diyona”, “Mash’al”, “Qo‘qon-1912”, “Lokomotiv”, “Xorazm” kabi klublarda o‘ynagan. Slovakiyaga ketgunga qadar u Tojikistonning “Istaravshan” jamoasida yarim mavsum to‘p surdi.

Sports.uz jurnalisti Mo‘min Meliev bilan bog‘landi.

- Mo‘minjon, faoliyatingizni Slovakiya chempionatida davom ettirmoqdasiz. Ochig‘i, buni ko‘pchilik kutmagandi. U erga qanday borib qoldingiz?

- Tojikistonda o‘ynab yurgan paytimda bir agent menga yozdi. U o‘zingni Evropada sinab ko‘rasanmi, taklif bor, senga qiziqish bildiryapti dedi. Men esa bu chaqiruvga rozi bo‘ldim. Yangi jamoam pastki o‘rinlardan birida ketyapti. Maqsad jamoaga yordam berib, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatish, gollar urish va yanada kuchliroq divizionlarga chiqish.

- O‘tgan yili "Xorazm" va so‘ng Tojikistonning "Istaravshan" klubida o‘ynadingiz. Bu jamoalardagi faoliyatingizdan qoniqmadingizmi?

- “Xorazm” bilan Tojikistondagi faoliyatimga kelsak, hammasi yaxshi boshlangandi. Kutilmaganda jarohat oldim. Natijada yana pasayish bo‘ldi. “Istaravshan”da esa 40-50 foizga ko‘nglim to‘ldi. Yaxshi o‘yinlar bo‘ldi, hamma uchrashuvlarda ishtirok etdim, gollar urdim. Bundan ham yaxshiroq natija ko‘rsata olardim. Lekin shunaqa yozilgan ekan. 

- Yangi jamoa va yangi mentalitetga ko‘nikishga qiynalmayapsizmi?

- Mentalitetga qiynalganim yo‘q. Hammasi yaxshi.

- Debyut golingizni urganingiz o‘zingizga ishonchni yanada oshirgandir. Jamoa qanday qabul qildi?

- Birinchi o‘yinda musobaqaning ikkinchi o‘rinda borayotgan jamoasiga 4:1 ga yutqazdik. Jamoamning yagona golini urdim. Ikkinchi uchrashuvda 3-o‘rindagi raqib bilan 2:2 o‘ynadik, yana bitta gol urdim. O‘zimni Evropada sinab ko‘rish uchun keldim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurshayx
14/03/2025 05:34
Omad omad omad
Davlatbek Alibekov
13/03/2025 04:24
Андижонда хам у'йнаган бу йигит ишчан ва яхши у'йинчи
Pardayev Shavkat
12/03/2025 22:40
Ўзбегим бутун дунёни эгаллайди ҳали. Олға !!!
&
Адхамжон Низомов
12/03/2025 22:21
Офарин.Шу йигит боплабди.Секин аста юкори дивизионда хам уйнайди,иншааллох.Аллохим омадини берсин.Газини бос Муминжон.Сен учун дуодамиз.Голларни уравер.
&
Olim
12/03/2025 21:50
Omadingni bersin. OLG‘A BOS.