
O‘zbeklar o‘ynaydigan Olimpiadada Mbappega o‘rin yo‘q!
Frantsiyaning eng kuchli futbolchisi Kilian Mbappe Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
Yozgi Olimpiadaning futbol musobaqasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar davom etadi.
Kilian Mbappe to‘rtyillikning eng nufuzli sport anjumanida ishtirok etadigan Frantsiya olimpiya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi.
Qoidaga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi. Lekin ishtirokchi mamlakatlar terma jamoalar uch nafar yoshi katta o‘yinchilarni qo‘shib olishi mumkin.
Frantsiyaliklar 25 yoshli Kilian Mbappening Parij Olimpiadasida g‘olib chiqishga yordam berishini kutayotgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi Terri Anri mohir to‘purarni tarkibga kiritmagan.
Parij Olimpiadasi futbol musobaqasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ilk bor ishtirok etadi. Timur Kopadze shogirdlari Osiyo kubogining vitse-chempioni sifatida qit’a sharafini himoya qiladi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadaning “S” guruhidan joy olgan. Bu kvartetda hamyurtlarimiz Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Frantsiya olimpiya terma jamoasi musobaqa mezboni sifatida “A” guruhidan o‘rin olgan. Terri Anri shogirdlari guruhdan chiqish AQSh, Gvineya va Yangi Zelandiya futbolchilari qarshiligini engishi talab etiladi.
Demak, “V” guruhidan chiqish uchun Argentina, Marokash, Iroq va Ukraina vakillari o‘zaro raqobatga kirishadi.
Osiyo chempioni – Yaponiya Parij Olimpiadasi “D” guruhida Paragvay, Mali va Isroil futbolchilarini imtihondan o‘tkazadi.
Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jami 16 ta terma jamoadan o‘z guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallaganlari chorak finalda ishtirok etadi.
Olimpiadaning yangi g‘olib va sovrindorlari 8 avgust kuni aniqlanadi. 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida g‘olib chiqqan Braziliya terma jamoasi bu galgi o‘yinlarga yo‘llanma ololmagan.
O‘runov Masharipovdan chempionlikni tortib oldi yoxud yana qaysi futbolchilarimiz Eronni zabt etgan?
Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...
Fikrlar