O‘zbekistonlik hakamlar OChLning muhim bellashuvini boshqaradi

  • 17 aprel, 2021, 15:48
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi bellashuvlarga o‘zbekistonlik hakamlar ham jalb etilgan. Hindistonning Goa shahri mezbonlik qilayotgan "E" guruhi bahslarida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ham ishlamoqda. 

Tecno

O‘FA matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, o‘zbekistonlik hakamlarga ushbu guruh 2-turidan o‘rin olgan muhim uchrashuv ishonib topshirilgan. 

"E" guruhi 2-turi doirasida kechadigan "Al-Rayyan" - "Persepolis" bahsi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Ilgiz Tantashev ushbu o‘yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin yordam beradi", - deyiladi O‘FA rasmiy "Telegram" sahifasi tarqatgan xabarda. 

Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
17/04/2021 17:05
ИШ КИЛИБ ПАРОТ КИЛИШМАСА БУЛДИ.ЙУК ЖОЙДАН ПЕНАЛТИ ЯСАМАСДАН