
O‘zbekistonlik 3 karra jahon chempioni WEF promoushenida jang qiladi.Raqib ma’lum!
11 iyul kuni Andijon viloyatining Shahrixon shaharchasida Qirg‘izistonning WEF promousheni navbatdagi turnirini o‘tkazadi.
Mazkur jang kechasida nafaqat MMA balki K-1 bo‘yicha ham janglar tashkil etiladi. Jumladan, 2-markaziy to‘qnashuvda o‘zbek muaytay olamining tirik afsonalaridan biri, 3 karra jahon chempioni, Osiyo chempionati hamda Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mavlonbek Qahhorov ham K-1 yo‘nalishida o‘z jangini o‘tkazadi.
Unga Ozarbayjon vakili Mexdi Ayvazov raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 73 kg vazn toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Mavlonbek Qahhorov 10 yillik tanaffusdan so‘ng yana katta sportga qaytgan edi va Qirg‘izistonda Open FC turnirida Dastan Sharshaevga qarshi jang qilib, undan ustun kelgandi.Garchi, jang yakunida hakamlar durang natijani qayd etgan bo‘lishsa-da, keyinchalik yurtdoshimizning g‘alabasi e’tirof etilgandi.
Fikrlar