
O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan hujumchini Evropa grandlari o‘ziga chorlayapti
Meksika terma jamoasi hujumchisi Santyago Ximenes tez orada “Feyenoord” safini tark etishi kutilyapti.
Evropadagi manbalarning yozishicha, 22 yoshli to‘purarga “Arsenal”, “Tottenxem”, “Real” va “Chelsi” xaridor bo‘lyapti. Rotterdamliklar o‘z etakchisini 100 million evro atrofidagi badal puli evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Santyago Ximenes mavsumni juda zo‘r o‘tkazyapti. Iste’dodli futbolchi joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda 15 ta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Bu hujumchi yaqinda AQShda Meksika va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida ham o‘ynadi, biroq gol ura olgani yo‘q.
Fikrlar