
O‘zbekiston U20 Toshkentda Janubiy Koreya U20 terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston U20 terma jamoasi Toshkentdagi "Jar" stadionida koreyalik tengdoshlarishga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bahsda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 1-daqiqasida hisobni ochgan terma jamoamiz, 11-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Birinchi taym oxirrog‘ida esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonov O‘zbekistonni yana bir bor hisobda oldinga olib chiqdi.
Ammo ikkinchi taym so‘nggida, aniqrog‘i 85 va 90+5-daqiqalarda Janubiy Koreya yoshlari ikki bor terma jamoamiz darvozasini ishg‘ol qildi hamda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston U20 — Janubiy Koreya U20 2:3
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1, Li Junsang 11, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 45+2, Li Yongjun 85, Bae Junho 90+5.
Fikrlar