O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisiga RPL klublaridan takliflar bor!

  • 9 dekabr, 2022, 15:18
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tobol" hujumchisi Igor Sergeev jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Meta-ratings.kz xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, 29 yoshli forvardning Qozog‘iston klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor, ammo raqobatbardosh chempionatdan taklif bo‘lsa, kelishuvni bekor qilish imkoniyati mavjud. 

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga Rossiyaning bir nechta jamoalaridan takliflar bor. O‘tgan yozda Sergeevga Polsha klubidan ham qiziqishlar bo‘lgandi, biroq u mavsumni "Tobol"da yakunlab qo‘yishni istagan.

2022 yilgi mavsumda Igor 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
10/12/2022 20:23
оёги кийшик гилайни ким хам оларди?