O‘zbekiston Superligasi. "Surxon" oxirgi 5 o‘yinda atigi bir marta "Nasaf"dan ochko tortib olgan

  • 9 sentabr, 2022, 17:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Superliganing 18-turida Qarshining "Nasaf" klubi Termizning “Surxon” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv ertaga Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu jamoalar "voha derbisi"da shu vaqtgacha 23 bor kuch sinashgan. Shulardan 18 bellashuvda qarshiliklar g‘alaba qozongan. To‘rt uchrashuvda durang qayd etilgan. Bitta o‘yinda "Surxon" zafar quchgan. To‘plar nisbatidagi yaqqol ustunlik ham "ajdarlar" tomonida - 62:17.

Jamoalar so‘nggi bor Superligada 2022 yilning 4 iyul kuni Qarshida bellashgan. Unda "Nasaf" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarni Husain Norchaev va Ivan Solovevlar kiritgan.

"Ajdarlar" termizliklar bilan O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichida ham to‘qnash kelgan. Nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqqandi.

E’tiboringizga jamoalarning so‘nggi besh uchrashuvi natijalarini havola qilamiz:

04.07.2022. "Nasaf" — "Surxon" | 2:0
11.11.2021. "Surxon" — "Nasaf" | 2:2
15.04.2021. "Nasaf" — "Surxon" | 6:0
21.09.2020. "Nasaf" — "Surxon" | 5:0
13.03.2020. "Surxon" — "Nasaf" | 1:2

 

Manba: "Nasaf" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!