
O‘zbekiston MTJ noyabrda Evropa terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi
OFK kalendariga muvofiq, 8-16 noyabr Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Gruziya milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15 noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar