O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi federatsiyasi” deb topildi!

  • 26 dekabr, 2019, 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun, 26 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Navro‘z” tantanalar saroyida yil joriy yil yakunlariga bag‘ishlangan “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi federatsiyasi” sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi sportchilari yakunlanib borayotgan 2019 yilda jami 18 ta Xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi va ularda 33 ta oltin, 16 ta kumush hamda 18 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu mukofot nafaqat Paralimpiya sportchilarining ko‘rsatgan natijalari, balki, ushbu tashkilot rahbariyati hamda unda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning ulkan mehnatlari samarasidir.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytgacha jami 15 nafar paralimpiyachimiz kelgusi yil Tokioda bo‘ladigan Yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!