O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" yarim finalga yo‘l oldi

  • 16 avgust, 2024, 10:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi choray finali doirasidagi "Bunyodkor" - "Paxtakor" (0:1) o‘rtasidagi chorak final bahsi o‘z nihoyasiga etdi. "Toshkent derbisi" "sherlar"ning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Asosiy bo‘limlarda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisi o‘tib borayotgan paytda mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrni Shahzod Azmiddinov golga aylantirdi. Hisob boshqa o‘zgarmadi. 

Shu tariqa, "Paxtakor" yarim finalga yo‘l oldi. Shatskix shogirdlarining ushbu bosqichdagi raqibi "Navbahor" bo‘ladi. Quyida derbidan fotogalereyani tomosha qiling.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
17/08/2024 11:26
Пахтакор амаллади