O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" va OKMK o‘rtasidagi final oldidan imkoniyatlar va faktlar haqida gaplashamiz!

  • 11 noyabr, 2023, 19:45
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertaga O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Qarshida o‘tadigan bahsda "Nasaf" OKMK bilan kuch sinashadi. Bahs oldidan siz bilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim ma’lumotlarni imkon qadar kichik matnda etkazishga harakat qilamiz.

Jamoalar qanday xolatda etib keldi?

"Nasaf": Ichki nizolarga barham bergach, "ajdarlar" o‘yinida ancha ko‘tarilish ko‘zga tashlangani rost. Asosiy raqiblar bilan birin-ketin muhim o‘yinlarda jamg‘arilgan ochkolar Berdiev shogirldarini yana 2-pog‘onaga qaytishini ta’minlab berdi. Xalqaro maydonda ham ishlar a’lo darajada ketmoqda. Ro‘ziqul Berdiev "Navbahor" bilan bahsdan so‘ng matbuot anjumanida barcha frontda kurasha olmaymiz, bittasini tanlashimiz kerak deb aytgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Katta ehtimol jamo, Superligadan voz kechgan holda Kubok va OChLga katta kuch sarflashga qaror qilgan. Bu Qarshida o‘tadigan finalda yuqori temp ko‘rsatish uchun etarli jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishga zamin yaratadi.

OKMK: Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi "konchilar"da kayfiyat ancha tushkun. Eronda "Sepaxon"dan javobsiz 9 ta gol olib chiqqan jamoa nafaqat mavsumni, balki proektning kelajagini saqlab qolish uchun ham Qarshida g‘alaba uchun maydonga chiqadi. Qo‘shimchasiga, ichki birinchilikda ham ishlar ancha yo‘lga qo‘yib olindi. Jamoa Superligada ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, "Neftchi"ni 5-pog‘onaga tushirib yubordi. Xalqaro maydondagi omadsiz ishtirokni bir chetga surib nazar tashlansa, OKMK ichki birinchilikdagi holatini ancha yaxshilab olganini ko‘rish mumkin. Yarim final bahsida "Navbahor" ustidan qozonilgan irodali g‘alaba esa Olmaliq klubini finalda ham oxirigacha jang qilishini ko‘rsatib turibdi.

Finalda nima taklif etishi mumkin?

"Nasaf": Superliga oltin medallari bilan ramziy ma’noda xayrlashgach, klub sovuqqonroq harakat qilishni boshladi. Jamoa OChLda guruhdan chiqishni uddalash evaziga 500 ming dollarga yaqiin summa (qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonish lozim) ishlab topishi mumkin. Qo‘shimchasiga, kubok g‘olibligi kelasi mavsumda xalqaro maydonda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi. Berdievning tanlovini tushunish mumkin. "Nasaf" "Sharja" bilan bahsda yuqori pressingda harakat qilganini ko‘rdik. Katta ehtimol, kubokda ham "ajdarlar" dominantlik qilishga intiladi. To‘p nazorati va bosim evaziga ilk daqiqalardan shturmga o‘tishni boshlashi hech gap emas. Qarshidagi "Markaziy" 25 ming ishqiboz bilan jamoani oldinga boshlayotgan bir paytda boshqacha futbol ko‘rsatishning ham imkoni yo‘q.

OKMK: Olmaliqliklar himoya va hujum o‘rtasidagi balansni ushlagan holda vaziyatdan kelib chiqib harakat qilishga qodir. Bu "Nasaf" singari tezkor jamoalar bilan o‘yinda qarshi hujumda o‘ynash imkoniyatini taqdim etadi. Kerakli pallada OKMK to‘pni o‘zida saqlagan holda pozitsion hujumlar uyushtirishni ham uddalay olishi hech kimga sir emas. Stilistik jihatdan OKMK to‘p nazoratini xush ko‘ruvchi jamoalar uchun anchagina noqulay raqib sanaladi. OChLdagi proval fonida ko‘pchilik Qosimov shogirdlarining kuchiga pastroq baho berayotgani rost, ammo men bunga qo‘shilmagan bo‘lardim. Olmaliq klubi hozir butun mavsumni qutqarib qolish uchun Qarshida 120 daqiqa jang qilishga tayyor va jangovor ruhda finalga tashrif buyuradi.




O‘yin haqidagi ma’lumotlar:

12 noyabr soat 17:00 da boshlanadigan final o‘yinini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Olim Abduvasilov va Temur Gaynullin yordam beradi. Zaxiradagi referi - Rahimbek Karimov. VARda esa Ilgiz Tantashev ishlaydi.

"Nasaf" shu kunga qadar 6 marotaba finalda o‘ynab, ularning 3 tasida g‘alaba qozongan.

OKMK 3 marotaba O‘zbekiston kubogi finalida o‘ynab, 1 marotaba g‘alaba qozongan. Jamoa 3 ta finalda ham "Paxtakor" bilan kuch sinashgan.

Shu kunga qadar O‘zbekiston kubogi finallariga eng ko‘p Toshkent shahri mezbonlik qilgan. 22 ta finalning 18 tasi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan.

Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga, 7 bor qo‘shimcha taymlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 76 marta to‘p darvozalarga kiritilgan (penaltilar seriyasidan tashqari). Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng so‘nggi gol muallifi — Mateus Lima Kruz hisoblanadi!

O‘zbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Irmatovning oldiga tushadigani yo‘q. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pog‘onaga 4 tadan o‘yin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2 ta o‘yin bor.

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o‘yinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014 yil yakunida o‘tgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" (1:0) o‘yinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017 yilda poytaxtning yana o‘sha klublari o‘rtasida "Bunyodkor" stadionida o‘tkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.

Kubok finallarida gol kiritish bo‘yicha Anvar Soliev va Dragan Cheran kabi futbolchilar etakchilik qilmoqda. Ularning hisobida 5 tadan gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
11/11/2023 21:57
Азиз тугри йулни танласа,Танташев уйинни нажафлиевга ухшаб узбек футболига зарар етказмаса,Худо хохласа Насаф кубокни олади. Сурхон ишкибозлари Насафга ишонишашди.
&
Xabibillo
12/11/2023 16:59
Насаф олга Андижонликлар Насафга галаба тилаймиз
&
Хавасбек
12/11/2023 04:49
АНДИЖОН МУХЛИСЛАРИ НОМИДАН НАСАФГА FAЛАБА ВА ОМАД ТИЛАЙМАН... АЗИЗ АСИМОВ ХАКАМ КОВУН ТУШИРМАСА АЛБАТТА НАСАФ КУБРКНИ ЮТАДИ... АНЛИДОННИ ЧОПГАН АЗИЗ АСИМОВГА ИНСОФ БЕРСИН...НАСАФ ФАКАТ FAЛАБА......
&
Мурад Умаров
12/11/2023 08:45
НАСАФ чемпионликди кулдан чикаради факат Кубок ОЧЛДА уйнашини таминлайди.
НАСАФга ОМАД.
&
Мурад Умаров
12/11/2023 08:42
НАСАФ уз уйидан кура четда яхши уйнайди мани шу ховотирга солаябди.
ОКМКА яраланнган Шердек Каршига келади.