
O‘zbekiston - Rossiya uchrashuvidan MATNLI TRANSLYaTsIYa!
Ayni paytda O‘zbekiston va Rossiya U-20 terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yini start oldi. Mazkur bahsdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
90+3. Uchrashuv yakuniga etdi. Afsuski, hamyurtlarimiz Rossiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
90. Bellashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
89. Jo‘raboevga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun Rossiya futbolchisi ogohlantirildi.
85. Abbos Fayzullaevning aqlli uzatmasi ko‘kka sovurildi.
80. To‘p bilan Rossiya terma jamoasi a’zolari. Ular o‘yinni nazorat qilib turishibdi.
77. GOL! Raqib futbolchisi nuqtada adashmadi va hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
76. Penaltiii. Darvozamiz tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
74. Behruz Asqarovga xavfli o‘yini uchun sariq kartochka ko‘rsatildi.
70. Raqib ham vaqti-vaqti bilan keskin va shiddatli hujumlar tashkil qilib turibdi.
67. Yana bir xavfli hujumimiz rossiyalik himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.
65. Fayzullaevning aniq zarbasidan so‘ng to‘pni raqib darvozaboni egallab oldi.
63. Ortiqboevning xatosi sabab raqiblarimiz ikkinchi golni urib ketishi mumkin edi.
60. Vakillarimiz asta-sekinlik bilan hujumlar sonini ko‘paytirib bormoqda.
58. Endi Asad Jo‘raboev birga-bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
55. Exxxx... Shahzod Akramov juda qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi.
50. Rossiya termasi o‘ta ajoyib imkoniyatdan gol ura olmadi. Mehmonlar hujumchisining zarbasi noaniq ko‘rinish oldi.
47. Vakillarimiz safida 3 ta, mehmonlar safida esa bitta o‘zgarish amalga oshirildi.
46. Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+2. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha mehmonlar 0:1 hisobida oldinda boryapti.
45+1. Izzatillo Po‘latov keskin harakati uchun sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
45. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
43. Rossiya termasining 3-raqamli futbolchisi Lukin ham ogohlantirildi.
40. Abubakr Ashurov raqibga nisbatan taktik fol ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.
38. Ashurovning zarbasiga aniqlik etishmadi.
35. Hamyurtlarimiz to‘p nazoratiga egalik qilmoqda.
31. Uchrashuv davom etadi.
30. O‘yinda futbolchilarga nafas rostlab olish uchun kichik tanaffus berildi.
27. Diyor Ortiqboevning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ko‘rinish oldi.
23. Rossiyaliklar to‘pni o‘zida nazorat qilib turibdi.
19. Vakillarimizning jarima zarbasidan amalga oshirgan hujumini raqib darvozaboni bartaraf etdi.
14. GOL! Raqiblarimiz markazdan osonlik bilan o‘tib, darvozamizni ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
12. Shahzod Ne’matjonov hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
8. To‘p uchun futbolchilar keskin kurash olib bormoqda.
6. Burchak zarbasi mehmonlar foydasiga.
3. To‘p bilan rossiyalik futbolchilar.
1. Uchrashuvga start berildi.
Fikrlar