
O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘yini borasidagi muzokaralar oxiriga etgani yo‘q
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Qozog‘iston termasiga qarshi halqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi. Mutaxassis Alisher Nikimbaev telegram kanalida ma’lum qilishicha, bahs borasida hali to‘liq kelishuvga erishilmagan.
"Qozog‘istonlik hamkasblarning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan o‘yin borasidagi muzokaralar hali oxiriga etgani yo‘q. Sabablari bor.
Ikki jamoa ham 16 noyabr kuni uchrashuv o‘tkazishdan manfaatdor, biroq Qozog‘iston futbol federatsiyasi UEFA oldidagi muayyan majburiyatlarga ega. Evropa jamoalarining o‘rtoqlik o‘yinlari Evropa assotsiatsiyasining to‘liq nazoratida o‘tishi lozim", - deya yozib qoldirdi Nikimbaev.
Fikrlar