
O‘zbek qizi qilich “chopish”ni ko‘rsatib qo‘ydi
Qilichbozlik bo‘yicha Gruziyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogi bosqichida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Tbilisi shahrida o‘tayotgan qilichbozlikning qizlar o‘rtasidagi sablya bellashuvlarida terma jamoamiz a’zosi Samira Shokirova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bolgariyada qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar