
O‘zbek bokschisining jangi qoldirildi
Xabaringiz bor, bugun Kambodja mamlakatida uch nafar hamyurtimiz, jumladan, Abdurasul Ismoilov (7-1-0-4KO) filippinlik Adones Aguelo (33-20-2-23 KO)ga, Ravshanbek Shermatov (4-1-0-1 KO) ham filippinlik Melmark Dignos (9-4-0-1 KO) bilan va nihoyat tajribali hamyurtimiz Olimjon Nazarov (21-5-0-12 KO) ham yana bir Filippin vakili Orlie Silvestri (15-5-2-8 KO) ga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi.
Bokschilarimizning murabbiyi Bobur Najmiddinovning xabar berishicha, Ravshanbek Shermatovning raqibi ba’zi muammolar tufayli, Kambodjaga etib kela olmagan. Shuning uchun ushbu yurtdoshimizning profidagi 6-jangi no’malum muddatga qoldiriladigan bo‘ldi.
Fikrlar