
Oybek Kasimov OFK Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) o‘z tarkibidagi qo‘mitalarining vakolat muddati 2023-2027 yillarni tashkil etuvchi yangi tarkibini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov OFK Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, yana 5 nafar hamyurtimiz Konfederatsiyaning turli qo‘mitalari a’zoligiga qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha a’zoligiga saylanib, tashkilotning Hakamlar Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Fikrlar