
Ouen: Oldingi MYuda futbolchilar bir-birini o‘ldirishga tayyor bo‘lishardi
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Maykl Ouen "qizil iblislar" safida o‘tkazgan davrlarini yodga oldi.
"MYuda to‘p surgan vaqtimda, Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostidagi futbolchilarda g‘oliblik kayfiyatini his qilardim. Nazarimda, ular xuddi engilmasdek edi.
Ular mashg‘ulotlar vaqtida tom ma’noda bir-birlarini o‘ldiradigandek harakat qilishardi. Barchasi juda yaxshi do‘st edi, biroq mashg‘ulotlar vaqtida har qanday narsa yuz berishi mumkin edi, ular har doim qanday bo‘lsa ham yutishni xohlaydigan hayvonlarga o‘xshardi", - deydi Ouen.
Eslatib o‘tamiz Ouen MYu sharaffini 20019/2012- yillarda himoya qilgan va 31 o‘yinda 5 ta gol kiritgan.
Fikrlar