
O‘tgan mavsum eng ko‘p o‘yinda qaysi hakam ishladi?
Rahimbek Karimov O‘zbekiston Superligasining 2022-yilgi mavsumida eng ko‘p uchrashuvda ishlagan hakamga aylandi.
33 yoshli referi O‘zbekiston chempionati doirasidagi 19 o‘yinni boshqarib, cho‘ntagidan 89 marta sariq kartochka chiqardi va 4 futbolchini maydondan chetlatdi. Shuningdek, u yil davomida 5 ta penalti belgilagan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilgi mavsumda bu ko‘rsatkich Vadim Agishev hamda Akobirxo‘ja Shukurullaevga tegishli edi (19 tadan o‘yin).
Fikrlar