
Ot sporti. "Uzbekistan Global Tour-2024" musobaqasining uchinchi bosqichi yakunlandi
Toshkentda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Uzbekistan Global Tour-2024” musobaqasining uchinchi bosqich bellashuvlari ortda qoldi. Chavandozlarning bu galgi chiqishlari ham ko‘plab muxlislarda katta taassurot qoldirdi. Shiddatli ruhda o‘tgan bahslar yakunida o‘z yo‘nalishida g‘alaba qozongan sportchilar:
95 sm (to‘siq balandligi):
Lochin Tohirjonov (“Kratom” laqabli otda)
105 sm:
Firdavsbek Davronbekov (“Bakarboni G”)
110 sm:
Anna Sigidina (“Elis G”)
115 sm:
Alisher Erkinov (“Etos”)
120 sm:
Ibrohim Yo‘ldoshev (“Parij”)
135 sm:
Alisher Erkinov (“Kuldenser”)
Fikrlar