
Ot sporti. Eng mohir chavandozlarimiz O‘zbekiston kubogi uchun bahs olib borishmoqda
“Universal Jumping Agro” o‘zida yana bir musobaqani qabul qilmoqda. Ayni kunlarda yurtimizning mohir chavandozlari konkur bo‘yicha O‘zbekiston kubogida shaxsiy birinchilik uchun bahs olib borishmoqda.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu musobaqada sportchilar 4 dasturda g‘oliblik uchun kurashga kirishishdi. Birinchi kun yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
“D” toifasi, 130 sm to‘siq balandligi:
1. Mariya Bushenko (“Kechmeker”, ot laqabi)
2. Fayzullo Fayziev (“Ambassador”)
3. Elina Akramova (“Vilbot”)
“V” toifasi, 120 sm (7 yoshli otlar), 110 sm (5-6 yoshli otlar)
1. Temur Azizov (“Furina Fan De Fiarat Z”)
2. Ibrohim Yo‘ldoshev (“Parij”)
3. Mirzohid Musaev (“Kasius Kley”)
“S” toifasi, 110 sm (12-14 yoshli bolalar)
1. Dilshod Shokirov (“Shef Blyu”)
2. Musadjon Tohirjonov (“Rizotta”)
3. Boburjon Valijonov (“Alonso-43”)
Ochiq toifa, 100 sm:
1. Javohir Dilxushov (“Kechmeker”)
2. Bekzod Ro‘zmuhamedov (“Kantinus”)
3. Anna Sigidina (“Elis Ji”)
Fikrlar