
Oston O‘runovni muhim o‘yin kutib turibdi
Bugun Rossiya Premer-ligasida 22-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtimiz Oston O‘runov faoliyat olib boradigan "Ufa" jamoasi o‘z maydonida Qozonning "Rubin" klubini qabul qiladi.
"Neftyanik" stadionida kechadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. Mazkur tur oldidan "Rubin" jamoasi 34 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, ufaliklar 14 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar