
Oston O‘runov "Paxtakor" taklifini rad qildi
"Navbahor" klubini tark etgan Oston O‘runovning keyingi manzili hali ham aniq emas. Avvalroq, namanganliklar bilan xayrlashgan 22 yoshli futbolchiga Superliganing amaldagi chempioni qiziqish bildirayotgandi.
Sports.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev xabar berishicha, Oston O‘runov "sherlar"dan kelgan taklifga rad javobini berdi. U Evropaga ketish uchun variantlarni kutishga qaror qilgan.
O‘runov yakuniga etgan mavsumda jamoasi tarkibida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 4 marta o‘z hisobida assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar