
Oston O‘runov jarohat olgan o‘yinda "Persepolis" mag‘lub bo‘ldi
Eron chempionati 27-turi doirasida "Persepolis" - "Sepaxon" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Oston O‘runov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 25-daqiqada jarohat olib maydonni tark etdi.
Eron Pro Ligasi yakunlanishiga 3 tur qoldi va "qizillar" 51 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. "Sepaxon" esa 56 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. 58 ochkosi bor "Traktor" esa chempionlik tomon toboro odimlamoqda.
Fikrlar