
Oston O‘runov gol urgan o‘yinda jamoasi yirik hisobda zafar quchdi
Eron Pro-ligasi doirasida "Havadar" hamda "Persepolis" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Unda tehronliklar 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Bellashuvda Ali Alipur xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Issa Alekasir hamda hamyurtimiz Oston O‘runov bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni vaqtda 29 ochkosi bor "Persepolis" Eron chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar