
Oskar De La Xoyya: "Boksni o‘ldirayotganlar - bokschilarning o‘zlari bo‘lishadi"
Oltita vazn toifasida sobiq jahon chempioni va promouter Oskar De La Xoyya boksning hozirgi holati haqida achchiq gaplarni aytib o‘tdi.
“Boks - ayiq kabi qish uyqusida. U dastlab, eng mashhur sport turlaridan biri edi. Ammo hozirgi muammolar va janglar sabab o‘rtamiyona darajaga kelib qoldi. Bokschi, keyin esa promouter bo‘lganim uchun barcha nozik jihatlar va kamchiliklarni bilaman. Aytishim kerakki, bu sportni o‘ldirayotganlar – bokschilarning o‘zlari bo‘lishadi. Jeyk Pol va Mayk Tayson jangi bunga yaqqol misol. Ularning o‘zaro to‘qnashuvi kimga kerak edi, bilmadim. Juda zerikarli va mantiqsiz kurashni ko‘rdik. Boksning darajasi tushishida odamlar promouterlar, menejerlar yoki murabbiylarni ayblashadi, lekin aslida ularning aybi yo‘q", – dedi De La Xoyya.
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni 27 yoshli Pol 58 yoshli Taysonni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.
Fikrlar