Osiyo tarixidagi eng qimmat futbolchilar reytingi bilan tanishing! Husanov nechanchi o‘rinda?

  • 1 dekabr, 02:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sports uz" sayti nufuzli Transfermarkt portaliga tayangan holda Osiyo qit’asi tarixidagi eng qimmat "Top-5" futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatda har bir mamlakatdan faqat bitta futbolchi tanlangan.

Tecno

5-o‘rin — Avstraliya terma jamoasi chap qanot hujumchisi Xarri Kyuell
Transfermarkt 2004 yilda Xarri Kyuellning qiymatini 20 million evro deb baholagan. O‘sha davrda u “Liverpul” sharafini himoya qilgan.

4-o‘rin — Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun
Azmun faoliyati davomida Evropa qit’asining bir qator kuchli klublarida (“Zenit”, “Bayer Leverkuzen”, “Roma”) to‘p surgan. Uning qiymati 2021 yilda “Bayer” safida 25 million evroga qadar ko‘tarilgan.

3-o‘rin — O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov
Transfermarkt ekspertlari Xusanovning qiymatini joriy yilda 35 million evro deb belgiladi. Ma’lumot uchun, u 2024 yil qishki transfer oynasida Frantsiyaning “Lans” klubidan “shaxarliklar” safiga qo‘shimcha bonuslar bilan birga 40 million evroga ko‘chib o‘tgan.

2-o‘rin — Yaponiya terma jamoasi a’zosi Takefusa Kubo
Ispaniya La Ligasining bir qator klublarida o‘ynagan Takefusa Kubo 2023 yilda Transfermarktda 60 million evro qiymat bilan qayd etilgan. Hozirda “Real Sosedad” futbolchisi bo‘lib, uning narxi 30 million evroga teng.

1-o‘rin — Osiyo tarixidagi eng qimmat futbolchi Son Xyon Min
Uzoq yillar Londondagi “Tottenxem” jamoasida to‘p surgan Janubiy koreyalik futbolchi hozirda MLSda faoliyat yuritmoqda. Transfermarkt Son Xyon Minning eng yuqori qiymatini 2020 yilda 90 million evro deb ko‘rsatgan. Shu tariqa u Osiyo tarixidagi eng qimmat futbolchi sifatida qayd etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!