
Osiyo kubogi U-23. Yaponiya 3-o‘rin uchun kechgan bahsda yirik g‘alabani tantana qildi
23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi turniri tugashiga kam vaqt qoldi. Biroz avval 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya hamja Avstraliya o‘zaro kuch sinashdi.
Dastlab, Sato 7-daqiqada hisobni ochdi. 39-daqiqada Trevinning avtogoli evaziga yaponlar hisobdagi ustunlikni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 64-daqiqada Fudzio hisobni yirik 3:0 hisobiga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, yaponlar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan holda, Osiyo kubogi 3-o‘rin sohibiga aylandi.
Fikrlar