
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston Yaponiyaga "non" bermadi (statistika)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining ikkinchi yarim finali yakuniga etdi. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yaponiyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab, vakillarimiz Jasur Jaloliddinovning 60-daqiqada kiritgan super goli evaziga hisobni ochdi. Jaloliddinov jarima maydoni tashqarisidan to‘pni Zion Suzuki darvozasiga "mixlab qo‘ydi". Ikkinchi taym so‘ngida Husain Norchaev birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, farqni ikkitaga etkazdi.
Qayd etish lozim, vakillarimiz uchrashuv davomida jami 20 ta zarba yo‘lladi. Shulardan 6 tasi darvoza tomon aniq bordi. Quyida uchrashuv statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar