
Osimxenga Saudiyaning grand klubidan xaridor chiqdi
Hozirda "Galatasaray"da harakat qilayotgan Viktor Osimxen yozgi transferlar oynasida "Al-Hilol" klubiga o‘tishi mumkin.
"Foot Mercato" nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klubi hujumchi bilan aloqada bo‘lib, muzokaralar ijobiy tarzda olib borilmoqda. 26 yoshli nigeriyalik futbolchining "Galatasaroy"dagi ijarasi joriy mavsum oxirigacha davom etadi. Biroq, Osimxen yozda klub bilan kelishmovchilik tufayli "Napoli"ga qaytishi ehtimoldan uzoq.
"Al-Hilol"dan tashqari, forvardga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Osimxen bu mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 36 ta gol urib va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar