O‘runov o‘tishi mumkin bo‘lgan "Ufa" uning pozitsiyasiga legioner xarid qildi

  • 19 fevral, 2021, 19:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olishi kutilayotgan "Ufa" klubi yangi transferni e’lon qildi.

Tecno

Norvegiyaning "Olesunn" jamoasi yarim himoyachisi Parfe Bizoza o‘z faoliyatini rus klubi tarkibida davom ettiradi. Burundilik futbolchi ufaliklar bilan 3,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. 21 yoshli xavbek faoliyati davomida "Stado", "Raufoss Illinoys" hamda "Olesunn" klublari sharafini himoya qilgan.

Avvalroq, "Spartak" legionerimizni RPL qaydnomasidan chiqarganligi tufayli O‘runov "Ufa"ga qaytishi mumkinligi aytilgandi. Ma’lumot uchun, hamyurtimiz ufaliklar safida 10 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan.

bizoza

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!