O‘rtoqlik o‘yini. "So‘g‘diyona"ga qarshi bellashuvda qo‘qonliklar 3 ta gol urib, minimal hisobda zafar quchdi

  • 11 fevral, 2021, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik davomida bugun "So‘g‘diyona" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. 

Tecno

Dastlab, Anvar Hojimirzaev 23-daqiqada hisobni ochdi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida Bobur Akbarov o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Ikkinchi taymda Iqbol Malikjonov jarima zarbasini a’lo darajada ijro etib, "shunqorlar"ga g‘alaba keltirgan golning muallifiga aylandi. 

O‘rtoqlik o‘yini
"Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" 2-1

Gol: Anvar Xojimirzaev (23), Iqbol Malikjonov (54) - Bobur Akbarov(avt,45)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!