O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Metallurg"ni mag‘lub etdi

  • 8 iyun, 2024, 21:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlarida Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Dinamo" jamoasi "Metallurg" klubi mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Bekoboddagi markaziy stadionda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Kojo Joel va O‘zbekiston olimpiya jamoasida bo‘lgan Odilbek Abdumajidov ishtirok etmadi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida  samarqandliklar hisobni ochishdi. Iminovning uzatmasidan keyin Emmanuel Yagr "Metallurg" darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0. 35-daqiqaga kelib mezbonlar Marko Milichkovichning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi – 1:1. Zaxiradan maydonga tushgan Abubakr Muydinov 75-daqiqada to‘pni darvozabon ustidan oshirib, chiroyli gol muallifiga aylandi – 2:1. 

Shu tariqa, "Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida Bekobodda "Metallurg"ni mag‘lub etdi. Abramov shogirdlari navbatdagi bahsda 13 iyun kuni "Olimpik"ga qarshi Superliganing qoldirilgan o‘yinida maydonga tushadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
09/06/2024 08:22
Динамо Самарканд кишги назорат уйинларда хам хаммани ютуб кетаётган эди, чемпионатда эса наоборот, у кун Хайрулла Хамидов команда ва Абрамов устидан орият донода яна бир шериги билан кулаётган эди, ( курган, эшитган булсаларинг ) Хайруллани жуда хурмат килардим, озодликдан мархум булганида каттик ачингандим, илтимос укам хафагарчилик булмасин