O‘rtamiyona jamoa “Real” o‘yinchisini olib ketmoqchi

  • 10 iyul, 2024, 16:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Bornmut” klubi yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Transfer News Live nashrining yozishicha, bu klub Ispaniya chempioni “Real” o‘yinchisiga da’vogarlik qilmoqda. “Bornmut” rahbariyati chap qanot himoyachisi Fran Garsiyaga og‘iz solyapti.

Fran Garsiya yakunlangan mavsumda jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi. Shunga qaramay, 24 yoshli himoyachi asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi sanalmaydi.

Transfer bo‘yicha mutaxassislar muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyati Fran Garsiyani qiziqtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari “Qirollik klubi”  tarbiyalagan himoyachini 15 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!